Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA YOSHLARGA ALOHIDA E’TIBOR.
2022-06-22 16:18:24 227
Toshloq tumanida yoshlarni istaklarini, taklif va muammolarini o‘rganish borasida mahallalarda o‘rganishlar doimiy ravishda olib borildi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan o‘zaro suhbatlarda kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida xal etilmoqda. Xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar muammolarini ijobiy hal etishda bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda 35 771 nafar tumandagi yoshlar bilan birma-bir muloqot qilinib, 1171 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 845 nafar yoshlar daftardan chiqarildi. Jumladan, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 155 nafariga OTM to‘lov-kontraktlarini 50 foizgacha qismi to‘lab berildi. Hozirda tuman bo‘yicha 326 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”da qolmoqda.
Bugun tumanimizdagi 25 nafar yoshlarga OTM to‘lov-kontraktlarini bir qismi qoplab berildi. Besh nafar yoshlarning Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini to‘lab berish maqsadida 28 393 300 so‘m mablag‘ ajratib berildi. Bundan tashqari 9 nafar yoshlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish harajatlarini qoplash uchun 9 330 000 so‘m mablag‘lar ajratib berildi. To‘lab berish to‘g‘risidagi sertifikatlarni yoshlarga tuman prokurori A.Xudoyberganov hamda tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminovlar topshirdilar.