Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


AHOLIGA ELEKTR ENERGIYASINI YeTKAZIB BERISH YAXSHILANMOQDA.

×

 2022-08-05 17:27:52    135

PDF yuklash
Chop etish


Ayni paytda Toshloq tumanida boshqa sohalar qatori kommunal xizmat ko‘rsatish, xususan, elektr energiyasi yetkazib berish tizimida ham qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. 
       Aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishda elektr tarmoqlarining soz holatda bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni yaxshi anglagan soha xodimlari Yakkavut MFY TP-3 transformator punktidan ta’minlanuvchi past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlaridagi eskirib yaroqsiz holga kelgan alyuminiy simlarni yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirib, hozirda ushbu yangi tarmoqqa iste’molchilarni ulash, ya’ni yakuniy montaj ishlarini amalga oshirmoqdalar.
       Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ham iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish hamda yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Qo‘rg‘oncha MFYdagi  Bayram ko‘chasida 11 ta temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Hozirda kabel tarmoqlarini yangisiga almashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
 

Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.