Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“TASHABBUSLI BYUDJET”: MAKTAB YANGI O‘QUV JIHOZLARI BILAN TA’MINLANDI
2022-08-15 09:49:18 213
Prezidentning 2021 yil 22 sentyabr kungi “Ochiq byudjet axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tumanda keng qamrovli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2022 yilgi birinchi bosqichida Toshloq tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da kerakli mablag‘ shakllantirildi. Birinchi bosqichda 131 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, yakuniy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 6 mlrd. 186 mln. so‘mlik 11 ta loyiha g‘olib deb topildi.
-“Tashabbusli byudjet”ning birinchi bosqichi jarayonida faol qatnashib, o‘quv jihozlarini yangilash uchun 600 million so‘m mablag‘ yutib oldik,-deydi tumandagi 8-umumta’lim maktabi direktori Hoshimjon Ismoilov. –Ayni kunlarda sinf xonalari, faollar zali hamda o‘qituvchilar xonalariga to‘liq yangi jihozlar o‘rnatildi. Hozirda pedagogik jamoamiz bilan yangi o‘quv yiliga yaxshi kayfiyat bilan tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.
Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.