Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ASOSIY MAQSAD – PARRANDACHILIKNI RIVOJLANTIRISH
2022-08-15 17:08:41 227
Tumanning “Kelajak” kichik sanoat zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan “EGG BOX” korxonasida 350 dan tortib, 2,5 ming donagacha jo‘ja ochirishga mo‘ljallangan inkubatoriylar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Jahon tajribasiga asoslangan noyob loyiha doirasida korxonada yiliga 5 mingta inkubatoriylar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Ayni paytda korxona mahsulotlari butun mamlakatimiz bo‘ylab yetkazib berilmoqda. Buyurtma asosida yaqinda korxona mahsulotlari qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalariga ham yetkazib berildi.
-Asosiy maqsad – parradanchilik rivojlantirish,-deydi korxona rahbari Muhammadjon Mahmudov. – Shu maqsadda yaqin istiqbolda parrandachilik tarmog‘i uchun qo‘shimcha jihozlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirish harakatidamiz.
Ta’kidlash o‘rinliki, hozirda korxonada 15 ta doimiy hamda 10 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.
Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.