Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANIDA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2022-08-24 17:43:14 228
Viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar hamda blogerlar dastlab Toshloq tumanida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi faoliyat yuritayotgan xususiy bog‘chalardagi shart-sharoitlar hamda tizimda bolalar qamrovini oshirish borasida bajarilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar.
Toshloq tumanida jami bo‘lib, 28 ta davlat, 8 ta xususiy sherikchilik asosidagi, 164 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi. Tumanda jami 3-7 yoshli bolalar 17253 nafar bo‘lib, ulardan 11995 nafar bolalar qamrab olingan bo‘lib, qamrov darajasi 70 foizni tashkil etmoqda. Tumanda davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etilishi bolalar qamrovini yanada oshishiga olib kelmoqda. 2022 yil davomida 2 ta davlat xususiy sherikchilik asosida 650 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Press-tur ishtirokchilari yangi faoliyatini boshlagan “Akademiya detstva” nomli bolalar bog‘chasida bo‘ldilar. Xususiy sherikchilik asosida qurib bitkazilgan zamonaviy tipdagi bolalar bog‘chasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Axshak MFY hududida 4 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 150 o‘rinli binoda barcha sharoitlarga ega guruhlar, oshxona, musiqa zali hamda keng va yorug‘ xonalar jurnalist va blogerlarda katta taassurotlar qoldirdi.
Shundan so‘ng, anjumand qatnashchilari tumandagi MFYlarda kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Yangi yo‘l MFYsida bo‘ldilar. Bu yerda aksariyat xonadonlar limon va pista yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Jurnalist va blogerlar Zikrillo Rahmonov xonadonida bo‘lib, oilada pista ko‘chati parvarishlash ishlari bilan tanishdilar. Zikrillo Rahmonov “Do‘lana”, “Akbariy”, “Ahmadiy” navli xondon pista ko‘chatlarini parvarishlash bilan shug‘ullanadi. Har yili 10 ming tupga yaqin pista ko‘chati yetishtiramiz-deydi Zikrillo Rahmonov.
-Hozirga qadar 200 million so‘mlik ko‘chat sotdik. Ko‘pchilik pista daraxti uzoq yilda hosilga kiradi deb o‘ylaydi. Ammo bizning ko‘chatlarimiz 3-4 yilda meva beradi. Pista danaklaridan unib chiqqan nihollarga navdor pistalardan olingan shoh va kurtaklarni payvandlash muhim hisoblanadi.
Ishtirokchilar tumandagi “SMSHD TEX” MCHJda bo‘ldilar. Korxonada bolalar va ayollar kiyim-kechaklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona oyiga 300 ming juft kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega va mahsulotlarni asosan Rossiyaga eksport qilmoqda. Kelgusida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratish hamda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Jurnalist va blogerlar ishlab chiqarish jarayonlarini, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlarni, sifatli mahsulotlar turlarini ko‘zdan kechirdilar.
Shundan so‘ng, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Umarov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda MFYlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Matbuot anjumani davomida OAV xodimlari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.