Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2022-11-25 09:51:07    281

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida tashkil etilgan “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish metodikasi” mavzusidagi o‘quv seminarda Toshloq, Quva hamda Yozyovon tumanlaridagi mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
     Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan mazkur seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova ishtirok etib, tashkilotchilarining mazkur mavzuda o‘tkazilayotgan seminardan ko‘zlangan maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
   Seminar davomida Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Bobur Xonto‘rayevning “Oila institutini mustahkamlashda milliy qadriyatlarning o‘ziga xos hususiyatlari, yoshlarga oilaviy qadriyatlarni singdirish metodlari”, “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ish yuritish tartib- tamoyillari”, “Gender tenglikning ta’minlashning o‘ziga xos tamoyillari” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
     Kunning ikkinchi yarmida hamkor tashkilot vakillari ishtirokida davom etdi. Unda huquq-tartibot idoralari vakillari, sog‘liqni saqlash, bandlik, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, sportni rivojlantirish, ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘limlari mas’ul rahbarlari ishtirok etishdi. Seminarning amaliy va yuzma-yuz muloqot jarayonida ishtirokchilar Oila va xotin-qizlar hududiy boshqarmalari va sud idoralari bilan hamkorlikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish va o‘smir qizlarning salomatligini saqlash, oilaviy tadbirkorlik, sportni ommalashtirish, ma’rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘lini targ‘ib qilish borasida o‘zaro fikr almashdilar.