Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ XOTIN-QIZLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2022-11-25 11:10:39 300
Keyingi yillarda yurtimizda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni kuchaytirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yurtboshimiz rahnamoligida inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lash, manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy islohotlar olib borilishi xalqimizga xos insoniy fazilatlarning eng yuksak namunalaridan biridir.
Xususan, Toshloq tumanida keksa va yolg‘iz onalar, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron farzandi bor ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Tumandagi Jarqishloq MFY, Gulshan ko‘chasida istiqomat qilayotgan Yorqinoy Otaxonova ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollardan hisoblanadi. Yo.Otaxonavaning turmush sharoitini yaxshilash hamda moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida doimiy ravishda xolidan xabar olinadi. 2021 yilda homiylar yordami bilan 3 xonali uy qurib berildi. Hozirda ushbu xonadonda 2 nafar farzandlari bilan tinch-totuvlikda yashamoqda.
Bugun tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova, mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli Yo.Otaxonavaning xolidan xabar olib oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdilar.