Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bugun barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasiga aylanib ulgurdi. Zero, har bir murojaat ortida inson huquqi, uning manfaatlari yotadi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 25 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 3 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi. Qabulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tillavoldiyev qatnashib fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berdi.