"TASHABBUSLI BYUDJET" IJTIMOIY LOYIHALAR GʻOLIB BO‘LDI
×
2022-11-29 16:36:10 257
PDF yuklash
Chop etish
Ma’lumki, 2021 yil 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unda fuqarolarning byudjet jarayoniga jalb qilish mexanizmi ishga tushirilishi ko‘zda tutildi. Joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topish va jamoatchilikni byudjet jarayonining ishtirokchisiga aylanishi borasida yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim orqali fuqarolarning jamiyatimizda bo‘layotgan rivojlanish va yuksalishlarga daxldorlik tuyg‘usi yanada ortdi. “Tashabbusli byudjet” loyihasining ikkinchi mavsumi davomida Toshloq tuman hokimligiga fuqarolardan jami 160 ta tashabbus jo‘natildi. Loyihalarga ovoz berish jarayonlarida esa 50 973 nafardan ziyod aholi ishtirok etdi. Eng ko‘p ovoz olgan 10 ta loyiha g‘olib deb topilib, ularga 8 mlrd. 400 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. – Tashabbuslarning eng ko‘pi umumta’lim maktablarini ta’mirlash va jihozlash loyihalari bo‘ldi, –deydi tuman moliya bo‘limi mudiri Jasurbek Qurbonov. –Jumladan, 51-umumta’lim maktabining issiqlik tizimini yaxshilash uchun 800 mln. so‘m, 22-umumta’lim maktabi binosini joriy ta’mirlash maqsadida 1 100,0 mln. so‘m, 9-umumta’lim maktabi issiqlik tizimini ta’mirlash uchun 900 mln. so‘m, 3-umumta’lim maktabi binosini joriy ta’mirdan chiqarish uchun 500 mln. so‘m, 45-umumta’lim maktabining issiqlik tizimidagi muammolarni yaxshilash uchun 500 mln. so‘m, 6-umumta’lim maktabini joriy ta’mirdan chiqarish uchun 800 mln. so‘m, shuningdek, tuman markaziy shifoxonasi qabul diagnostika bo‘limiga zamonaviy UTT va rentgen apparatini sotib olish uchun 950 million so‘m ajratildi. “Turvat” MFYda joylashgan qishloq vrachlik punktini ta’mirlash bo‘yicha loyihaga 3 mingdan ortiq ovoz berilishi evaziga 850 million so‘m mablag‘ ajratildi. Joriy ta’mirlash ishlari shu kunlarda yakuniga yetadi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunga kelib “Tashabbusli byudjet” loyihasi orqali joylarda fuqarolar uyushgan holda o‘z hududidagi muammolarni hal etish uchun ovoz yig‘ib, pul ajratilishiga erishmoqda.