15 NAFAR AYOLLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI BERILDI
×
2022-12-02 17:28:33 208
PDF yuklash
Chop etish
Toshloq tumani hokimligida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligining mablag‘lari hisobidan tumandagi 15 nafar kam ta’minlangan, ishsiz ayollarga o‘z tadbirkorligini boshlashi hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. Ayollarga subsidiya asosida eng so‘nggi rusumdagi tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda sektorlar rahbarlari topshirdilar. – So‘nggi paytda yurtimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibordan juda ham mamnunman, – deydi “Soybo‘yi” MFYda istiqomat qiluvchi Nilufar Amirdinova. – Yaqinda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan edim. Bugun menga zamonaviy tikuv mashinasi taqdim etildi va buni shaxsan tuman hokimi o‘zi topshirgani meni judayam quvontirdi. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va bu kabi amaliy ishlar joylarda davom etmoqda.