Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA BAHORGI DALA ISHLARIDA QATNASHADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI TEXNIK SOZ HOLATGA KELTIRISH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA.

×

 2022-12-09 10:51:00    137

PDF yuklash
Chop etish


    Toshloq tumanida bahorgi dala ishlarida qatnashadigan barcha texnikalarni markazlashgan holda, sifatli kerakli ehtiyot qismlar bilan ta’minlanishi hamda qo‘lbola ehtiyot qismlardan foydalanmaslik, shuningdek, joylarda ishlarni o‘z vaqtida hamda sifatli tashkil qilinishi yuzasidan “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Inspeksiya xodimlari hududlarda bahorgi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarilishi uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini hozirdanoq tayyor holatga keltirib qo‘yish, ularning texnik sozligini qayta ko‘zdan kechirish muhim omil hisoblanishini, qishloq xo‘jaligida samaradorlikning yuqori bo‘lishi uchun fermer xo‘jaliklari zamonaviy va soz holatdagi texnikalar bilan ishlashlari zarurligini ta’kidlab, zaruriy ko‘rsatmalar bermoqdalar. 
      Ayni kunlarda inspeksiya tomonidan shay holga keltirilgan chopiq traktorlari, kultivatorlar, chigit ekish seyalkalari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining qay darajada sifatli ta’mirdan chiqarilganligi ko‘zdan kechirilib, eski ehtiyot qismlarining yangisiga almashtirilganligi, nosoz holatga kelgan detallardagi kamchiliklar bartaraf etilgani, texnikalarning yuz qismida bo‘yoqlash ishlarining amalga oshirilgani ko‘zdan kechirilmoqda. 
     Ma’lumot uchun, bugungi kunda tumanda 100 ta chopiq traktori va kultivator, 35 ta chigich ekish seyalkasi, 22 ta mineral o‘g‘it sepkichlar, 244 ta tishli borona, 17 ta don o‘rish kombaynlari mavjud.  


Ravshan MAMAJONOV,“O‘zagroinspeksiya”ning Toshloq tumani inspektori.