Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MUSOBAQA GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

×

 2022-12-10 16:35:25    142

PDF yuklash
Chop etish


   Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” shiori ostida musobaqalarning respublika bosqichlari bo‘lib o‘tdi. 
   Bellashuvlar o‘z nomiga yarasha besh bosqichda tashkil etildi. Ommaviy sport tadbirlarida respublikamizning barcha viloyatlaridan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqalarning respublika bosqichlarida esa A, V, S ligalar bo‘yicha ko‘plab sportchi yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
     Albatta, “Besh tashabbus olimpiadasi” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalarda toshloqlik yoshlar ham faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.  Musobaqaning respublika bosqichida 27-30 yoshlar toifasida "S" liga bo‘yicha qatnashib, sportning stol tennisi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egallagan Jumagulxon Jabborova haqida avval habar bergan edik. 
    Bugun esa tumanimizda yana bir hushxabar tarqaldi. Besarang qishlog‘idagi sportchi qizlar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning  Stritbol turi bo‘yicha 27-30 yoshlar toifasida birinchi o‘rinni egalladilar. Shu munosabat bilan musobaqa g‘oliblari Odina Axmadaliyeva, Fotimaxon Ismoilova, Gavharoy Nizomova hamda Mavludaxon Abdulxamidovalarning Besarang MFYdagi 32-umumta’lim maktabida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
    Tadbirda tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev, 3-sektor rahbari Farhodjon Bektoshevlar hamda keng jamoatchilik vakillari hamda sportchi qizlarning ota-onalari va yaqinlari ularning erishgan g‘alabalari bilan muborakbod etdilar.    
    Aytish mumkinki, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi qizlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda "Universal sport maydonchasi" qurilishi bo‘yicha sertifikat topshirilgan bo‘lib, unga ko‘ra tez kunlarda Besarang qishlog‘ida yoshlar uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan sport maydonchasi barpo etiladi.