Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


CHYEMPIONLAR MUNOSIB KUTIB OLINDI

×

 2022-12-23 13:04:46    135

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 16-21 dekabr kunlari Buxoro viloyatining Buxoro shahrida sportning “Turon” yakkakurashi bo‘yicha 2007-2008 va 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Pokiston davlatlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar o‘rtasida “Osiyo kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Quvonarlisi ushbu musobaqalarda Toshloqlik 4 nafar sportchilar Farg‘ona viloyati sharafini munosib himoya qilib 3 nafari,-  Musajonov Izzatillo Zafarjon o‘g‘li 37 kg vaznda 2-o‘rin-  Qambaraliyev Bexruzbek Baxromjon o‘g‘li 40 kg vaznda 3-o‘rin-  Toxirjonov Nasibullo Qudratillo o‘g‘li 34 kg vaznda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib g‘olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.
 Bugun 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida musobaqa ishtirokchilari va sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda tuman hokimi A.Djurabayev, tuman prokurori A.Xudoyberganov, tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari F.Bektoshev, tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari D.Yuldashevlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi A.Djurabayev musobaqada ishtirok etgan sportchilar va ularning ota-onalarini samimiy qutlab, erishilgan natijalarda sportchilarning murabbiyi Nabijonov Shoxjaxon Shavkat o‘g‘lining ham xizmatlari katta ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
 Tadbir yakunida musobaqa sovrindorlari hamda murabbiy munosib taqdirlandi.