YOSHLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA ASBOB-USKUNALAR HAMDA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI
×
2022-12-24 15:55:12 201
PDF yuklash
Chop etish
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan "Yoshlar daftari” ro‘yhatida turuvchi 23 nafar yoshlarga OTM to‘lov-kontraklarini ma’lum qismi qoplab berildi. 22 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari topshirildi. 12 nafar yoshlarning Safarbarlik chaqiruv rezervi xizmat badali to‘lab berildi. 4 nafar bemor yoshlarning davolanishlari uchun hamda 3 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ajratildi. Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari D.Yuldashevlar Qumariq MFYda istiqomat qilayotgan ikkinchi guruh nogironi N.Umarova xonadonida bo‘lib, unga subsidiya asosida noutbuk topshirdilar.