Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqur o‘rin olayotgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyil yurtdoshlarimizni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etilishiga xizmat qilmoqda. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabulida ham ko‘plab murojaatlar o‘z yechimini topdi. Qabulda 25 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 2 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsuloti ajratildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 8 tasi nazoratga olindi. 5 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.