Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«SOGʻLOM HAYOT SARI 5000 QADAM» AKSIYASI DAVOM ETMOQDA
2023-03-14 18:46:04 291
Bugun Toshloq tumanidagi “Turvat” MFYda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportga jalb etish maqsadida "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.
Unda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda sportchi yoshlar, uyushmagan yoshlar va mahalla aholisi faol ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, Turvat oilaviy shifokorlik punktida aholi salomatligini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan malakaviy seminar tashkil etildi.
Seminarda tibbiyot xodimlariga aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyeniyaga rioya qilish tushunchalarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.