Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI MUROJAATLARI O‘Z YeCHIMINI TOPMOQDA
2023-03-14 18:48:09 260
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Natijada aholining yillar davomida qiynab kelayotgan muammolari asta-sekin o‘z yechimini topib, odamlar rahbarlardan, davlatdan rozi bo‘lib, orzu – istaklari ro‘yobga chiqmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabulida ham ko‘plab murojaatlar o‘z yechimini topdi. Qabulda 35 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi.Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilanib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 5 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Qabulda murojaatlarning aksari ijobiy hal etildi va vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.