Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Oliy Majlis Senati o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyaviy qonuni loyihasining muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.
2023-03-23 13:57:55 218
Ushbu loyiha xalqimiz tomonidan eng ko‘p muhokama qilingan, takliflar bildirilgan, xalqaro ekspertlar fikrlari inobatga olingan hujjat bo‘lgani qayd etildi.
Ayniqsa, davlat hokimiyati tizimi tubdan isloh etilib, parlamentarizm yanada kuchaytirilishi xalqchil davlatchilik asoslari kuchayishiga zamin yaratadi. Amaldagi Konstitusiya bo‘yicha Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 ta bo‘lgan bo‘lsa, loyihaga asosan ularning soni 12 ta bo‘lmoqda. Senatning mutlaq vakolatlari amaldagi 14 tadan 18 taga oshmoqda.
Majlisda Konstitusiyaning yangi tahriri ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi va hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo‘lishi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishi e’tirof etildi.
Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida Konstitusiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari hajmi 65 foizga oshdi. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarning soni va mazmuni Konstitusiyani yangi tahrirda qabul qilish zaruratidan dalolat beradi.
Muhokamalar yakunida senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror qabul qilinib, unga ko‘ra referendum 2023 yil 30 aprel kuniga tayinlandi.
Avazbek RaximovJinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi.