Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA 2023 YILDA 40 KM MASOFADAGI ICHKI YO‘LLAR ASFALT QILINDI

×

 2023-03-23 18:11:59    204

PDF yuklash
Chop etish


   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Toshloq tumanida ko‘plab ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar qarorga ko‘ra, 10 ga yaqin mahallalarning 40 km uzunlikdagi ichki yo‘llari sifatli qilib afalt qilindi.   
Ayni kunlarda “Istiqlol” MFYdagi ichki yo‘llarning 6 km qismida asfaltlash ishlari bajarilmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlari uchun Davlat byujetidan 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. 
Ko‘p yillardan buyon murojaat qilar edik, bu yo‘llarda farzandlarimiz maktabga borib kelishga qiynalar edi,-deydi 80 yoshli Mahammadjon ota Mirzaahmedov. -Mana Prezidentimizning 408-qaroriga ko‘ra ko‘chalarimiz asfalt qilinmoqda. Xalqimizning murojaatlari amalga oshmoqda. Biz bundan juda minnatdormiz. Navro‘z bayramiga eng katta sovg‘a bo‘ldi.