Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI OLGAN XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YMOQDA

×

 2023-03-31 17:11:35    1187

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida 2023 yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 130 nafar xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatilgan.
Xususan, "Teraktagi" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Hayotxon Xolmatova ham "Ayollar daftari"ga olinib, bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratildi. 
O‘tgan yili ushbu MFYda istiqomat qilayotgan "Ayollar daftari" ro‘yxatida turuvchi Ro‘zixon Mo‘minovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Hozirda ular o‘z xonadonlarida buyurtma asosida yostiqlar, ayollar kiyimlari, ko‘rpa va to‘shak qoplamalari tayyorlab mahalliy bozorlarga sotib daromad topmoqdalar.