Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING BIRINCHI (TUMAN) BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
2023-04-19 19:53:23 282
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 sentyabrdagi "Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 562-sonli Farmoniga ko‘ra, bugun tumandagi 2-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi (tuman) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, maktablar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni o‘qitishning darajasi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog-o‘qituvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishini oshirish, o‘qitish sifati bo‘yicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga zamin yaratish tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tumanda tanlovni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida alohida tayyorgarliklar ko‘rildi. Tanlovga ingliz, nemis va fransuz tillaridan biri xorijiy til sifatida o‘qitiladigan 48 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari jalb qilindi.
Tanlovning ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari ishtirok etib, ishtirokchilarga omadlar tiladilar. Bir guruh muddatidan avval talaba bo‘lgan maktab bitiruvchilariga fahriy yorliq hamda esdalik sovg‘alarini topshirdilar.