Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASH
2023-05-05 18:03:27 296
Kuni-kecha tuman markaziy kutubxonasida yosh nikohlanuvchilar uchun “Oilaviy ajrimlarning oldini olish”, “Gender tenglik”, “Qonuniy nikoh tartibi, tibbiy-ko‘rikdan o‘tishning afzalliklari” kabi mavzularda suhbat o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova, Farg‘ona viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi N.Komilova, tuman bosh imom-hatibi Sh.Egamberdiyev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ya.Zulpixorov hamda tuman FXDYO bo‘limi mudirasi N.Rizayevalar qatnashdi.
Yig‘ilishda ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq nikohni qayd etish tartibi haqida tushuntirish berib, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomning mazmun-mohiyatini, hususan yoshlarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tishi kelajakda sog‘lom oila barpo etishda, sog‘lom avlod tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tdilar.