Toshloq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan 15 may –"Xalqaro oila kuni“ munosabati bilan “Vatan oiladan boshlanadi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tumandagi "Nayman" madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, tuman bosh- imom xatib Sh.Egamberdiyev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ya.Zulpixorov, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulovalar hamda tuman oqila ayollar harakati a’zolari qatnashdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ibratli oilalarni ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy nikohga tayyorlash borasida gapirib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida 5 ta ajrim yoqasida turgan oilalar bildirilgan fikr mulohazalardan o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilganligini va ajrim qarorini bekor qilib farzandlari kelajagi uchun birga yashashga ahd qilganliklarni bildirdilar.