Toshloqda "Yangi O‘zbekistonning ma’rifatli yoshlari" shiorida tadbir o‘tkazildi
×
2023-05-18 11:42:44 332
PDF yuklash
Chop etish
Toshloq tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi hamkorlikda uyushmagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish maqsadida "Besarang" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Yangi O‘zbekistonning ma’rifatli yoshlar" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mehmonlar o‘zgacha tarzda bayramona kutib olindi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzulla Qosimov hamda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevlar so‘zga chiqib, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil etilayotgan sport musobaqalari Yangi O‘zbekistonning ma’rifatli yoshlari ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish uchun xizmat qilayotganligini aytib o‘tdilar. Shuningdek, tadbir munosabati bilan uyushmagan yoshlar ishtirokida "Zakovat" intelektual o‘yini, stol tennisi, belbog‘li kurash, mini futbol, stritbol kabi sport o‘yinlari o‘tkazildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir bayram konserti dasturi va qiziqarli chiqishlar bilan davom etdi. Tadbir so‘ngida g‘oliblarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonov hamda tuman hokimining o‘rinbosari E.Madaminovlar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.