Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


1 IYUN – “XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI”GA BAGʻISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-05-31 13:55:12    156

PDF yuklash
Chop etish


Dunyoda bolajonlar kulgisi-yu sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsa bo‘lmasa kerak. Osmon misol musaffo, tim qora ko‘zlarini sizga qadagancha, biyron tilda tinmay savol berayotgan, murg‘ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rgatishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodati va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash har bir inson umrining asosiy mazmunidir.
Bugun Toshloq tumanidagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ko‘ngilochar konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ertamiz egalari bo‘lgan bolajonlarni bayram bilan samimiy tabrikladilar.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi, -deydi 2-sonli DMTT rahbari Nasibaxon  Azimova. – Muassasamiz tarbiyalanuvchilari tomonidan sahnalashtirilgan musiqiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga zavq-shavq bag‘ishladi.