Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"DXX RAISI KUBOGI" MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI

×

 2023-06-01 08:24:05    164

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Davlat havfsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqalarining tuman bosqichi yakuniga yetdi.
O‘tkazilgan DXX raisi kubogi bahslarida tumandagi barcha mahalla jamoalari ishtirok etishdi. Final  o‘yinida oldingi bosqichlarda muvaffaqiyat qozongan  “Sadda” va “Bo‘ston” mahallalaridagi yoshlardan iborat jamoalar to‘p surdilar.
Murosasiz bahsda 3-sektor hududidagi “Sadda” mahallasining yoshlari penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishdi va tuman chempioni sifatida musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. 
Cportning “Mini futbol” va futbol turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahalla fuqarolar yig‘ini jamoalari: 
“Mini futbol” turi bo‘yicha:1-o‘rin “Nayman” MFY (1-sektor).2-o‘rin “Bo‘ston” MFY (4-sektor).3-o‘rin “Kattako‘cha” MFY (3-sektor).
“Futbol” turi bo‘yicha:1-o‘rin “Sadda” MFY (3-sektor).2-o‘rin “Bo‘ston” MFY (4-sektor).3-o‘rin “Qumqishloq ” MFY (2-sektor).
Qizlar o‘rtasida “Mini futbol” turi bo‘yicha:1-o‘rin “Chek” MFY (1-sektor).2-o‘rin “Qipchoqariq” MFY (4-sektor).3-o‘rin “Qumqishloq” MFY (2-sektor).
Musobaqa yakunida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektor rahbarlari hamda DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Oybek Farmonovlar g‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini, pul mukofotlarini topshirdilar.