Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA TADBIRKORLAR SAFI KENGAYIB, TUMANNING IQTISODIYOTI YUKSALMOQDA

×

 2023-06-06 09:11:03    211

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yaqinda ish boshlagan “Ice milk bif” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi muzqaymoqlar tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda.
Ayni paytda korxonada tayyorlanayotgan sifatli va hamyonbop mahsulotlar butun mamlakatimiz bo‘ylab savdo tarmoqlari, supermarketlarga yetkazib berilmoqda. Ayniqsa, bugungi issiq kunlarda muzqaymoqqa bo‘lgan talab va ehtiyoj har qachongidan ham yuqori. Buni inobatga olgan holda korxonaning shinam va ozoda ishlab chiqarish syexida qadoqlanayotgan muzqaymoqlar peshma-pesh sotuvga chiqarilyapti.
 -Istiqbolli loyihani amalga oshirish uchun Xitoydan 6 milliard so‘mga zamonaviy texnologiyalar xarid qilinib, olib kelib o‘rnatildi,-deydi tadbirkor Fazliddin Dadajonov. – Natijada 30 ta yangi ish o‘rni yaratilib, 10 turdagi muzqaymoqlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
Hozirgi kunda “Yoshlar” kichik sanoat zonasida 80 sotix yerda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yosh tadbirkor yaqin istiqbolda loyiha doirasida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirishni maqsad qilgan. Buning natijasida kelgusida toshloqlik 60 nafar yigit-qizlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
-Tadbirkorlikda zamonaviy yondoshuv, innovasiya, marketing ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega,-deydi F. Dadajonov. – Ayni jihatlarni inobatga olib, yaqin va uzoq muddatga mo‘ljallangan biznes-loyihalarni ishlab chiqqanmiz. Maqsadimiz – xalqimizni doimo sifatli va hamyonbop muzqaymoqlar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ta’kidlash o‘rinliki, joriy yilning may oyida korxonada 60 tonna muzqaymoq tayyorlanib, ulgurji narxlarda xaridorlarga yetkazib berilishiga erishildi. O‘tgan oyda tadbirkorlik sub’yektining daromadi 200 million so‘mni tashkil etdi.
E’tibor va rag‘bat tadbirkorlikni yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi. Bugungi kunda korxonada mehnat qilayotgan har bir xodim oyiga o‘rtacha 2-6 million so‘m ish haqqi oladi. Shu bilan birga, bu yerda xodimlarning maroqli dam olishi, ovqatlanishi uchun ham qo‘shimcha qulayliklar muhayyo etilgan.