Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA GʻALLA O‘RIM-YIGʻIM MAVSUMI UYUSHQOQLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

×

 2023-06-19 15:04:58    324

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz g‘allakorlari joriy yilda 5070 gektar yerga g‘alla ekib davlatga 13500 tonna don sotishga ahd qilganlar. Gʻalla qanchalik mo‘l bo‘lsa nafaqat fermerning shartnoma shartlarini barvaqt bajarib el-yurt oldida yuzi yorug‘ bo‘lishi, balki o‘zi va ishlovchilari xonadoniga ham tonna-tonna don kirishini dildan his etgan dehqon borki mehnati ham, g‘ayrati ham shunga yarasha bo‘ladi. Birinchilardan bo‘lib g‘alla o‘rimini boshlab bergan "Toshmad" fermer xo‘jaligida dastlabki kunning o‘zida 21 tonna sara don davlatga sotilgan bo‘lsa, "Fayzli Abdumutal polvon" fermer xo‘jaligida bir kunda taroziga qo‘yilgan g‘alla 38 tonnani tashkil etdi. "Madumar Rahmon Karim fayz", "Akmal g‘ururi" singari fermer xo‘jaliklarining g‘allazorlarida ham o‘rim uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi.
Tuman bo‘yicha tashkillangan 15 ta o‘rim otryadlariga uyushgan 15 ta turli rusumdagi kombaynlar, don tashuvchi transport vositalari ish unumini yanada oshirishga harakat qilinyapti.
Dehqonlarning yil o‘n ikki oy qilgan sidqidil mehnatlari o‘z ro‘yobini topib bug‘doyzorlarimizdan g‘alla hosili yig‘ishtirib olinayotgan ekan uning o‘z vaqtida o‘rilib qabul joylariga yetkazilishida o‘rim otryadlarining ahamiyati beqiyos. Chunki har bir fermer dalasidagi hosilni nest-nobud qilmay vaqtida o‘rib-yig‘ib olishni istaydi. Ana shunday pallada yordamga kelgan o‘rim otryadi kombaynchisi va haydovchilari, mutaxassislariga dehqonning minnatdorchilik so‘zlari ham ko‘p bo‘ladi. 
-Gʻallakorlarimiz rizq-ro‘zimiz, boyligimiz bo‘lgan donni yig‘ishtirib olayotgan ekanlar ularga ana shu ishda kamarbasta bo‘layotganligimiz har birimizga yanada g‘ayrat bag‘ishlayapti, - deydi 9-otryad rahbari Odilxon Majidov – Ayniqsa, mo‘l hosil yetishtirish evaziga shartnoma rejasini bajarib el-yurt oldida yuzi yorug‘ bo‘layotgan fermerlarning quvonchiga sherik bo‘lish yanada zavqlidir. 
-66 gektar maydonda dehqonchilik qilyapmiz, - deydi “Umidli tong fayzi” fermer xo‘jaligi rahbari Obidjon Mirzamatov, - 39 gektar yerda g‘alla yetishtirdik. Hosil cho‘g‘idan ko‘nglimiz to‘q. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra har gektar yerdan o‘rtacha 85-90 syentnerdan hosil ko‘tarmoqchimiz.