Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“VATAN TAYANCHI” ORTYADI A’ZOSI BO‘LGAN O‘QUVCHILARGA IMTIYOZLI TAVSIYANOMALAR TOPSHIRILDI
2023-06-23 16:00:02 306
Prezident qarori bilan Mudofaa Vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etildi. Unga ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan 10-11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafariga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Ushbu qaror va buyruqlar asosida Toshloq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi yigirma beshta umumta’lim maktablarining bir nafardan eng a’lochi, faol va Vatanparvar “Vatan tayanchi” ortyadi a’zosi bo‘lgan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Oliy harbiy bilim yurtlarida o‘qishni maqsad qilgan nomzodlarga besh foizli imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda tarqatildi.
Ushbu tavsiyanoma Vatanparvar yoshlar uchun yana bir imkoniyatlar cho‘qqisiga aylandi desak xech mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki tavsiyanoma uch yil muddatli kuchga ega bo‘lib faqat bir marotaba foydalanish imkoniyatini beradi. Oliy harbiy bilim yurti nomzodi umumiy yig‘gan ballini besh faoizi qo‘shimcha ravishda tavsiya etilishi bu nomzodga katta umid va kuch bag‘ishlaydi.
Tumanning yigirma besh nafar besh foizga ega bo‘lgan bitiruvchi yoshlaridan yetti nafari Mudofaa vazirligi huzuridagi Oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qish uchun nomzodlikka qabul qilindi. Bir nafari esa O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Akademiyasiga o‘qish uchun nomzodlikka qabul qilindi. Uch nafari esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Akademiyasiga o‘qish uchun nomzodlikka qabul qilindi. Ko‘rinib turibdiki ushbu tavsiyanoma yoshlarga katta ishonch va qalblarga so‘ngmas umid olib keldi.
Shu kuni tavsiyanomalarni ota-onalar hamda ustozlari ishtirokida tuman hokimi o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Abdumajid Soliyev hamda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Sherzodbek Qosimovlar tantanali ravishda topshirdilar.