Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQLIK YURTDOSHIMIZ “SHUHRAT” MEDALI BILAN TAQDIRLANDI

×

 2024-03-06 09:37:25    161

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Toshloq tumanidagi «Zamin Aziya Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Koshipjonova O‘ktamxon Salimovna «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
O‘ktamxon Koshipjonovani ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz.