Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


PIYOZCHILIK MAHALLASI KO‘RKAM MASKANGA AYLANIB, NAMUNAVIY XONADON VA KO‘CHALAR SONI ORTIB BORMOQDA.

×

 2024-03-12 15:07:49    173

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida “Piyozchilik” MFY infratuzilmasi yaxshilanmoqda. Mahallada obodonlashtirish, ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash, asfaltlashtirish, elektr hamda gaz ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy soha ob’yektlarini mukammal ta’mirlash kabi ishlar olib borilmoqda. 
Shu kunlarda hududda elektr tarmoqlarini yangilash, transformatorlarni ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Natijada qish kunlari aholini tashvishga solgan energiya manbalari bilan bog‘liq masalalar o‘z yechimini topmoqda. 
“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida "Piyozchilik" mahallasida jami 2 km yangi elektr tarmog‘i tortildi. 5 ta transformator  ta’mirlandi. Muddati o‘tgan 225 dan ziyod simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi.