Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA “EZGULIK - SHIORIMIZ, MA’RIFAT - QUROLIMIZ!” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TARGʻIBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI.

×

 2024-03-14 10:57:58    49

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumandagi 2-umumta’lim maktabiga "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, taniqli olimlar, shoir hamda san’atkorlar tashrif buyurdilar.
Mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar, oila bekalari, fan, ta’lim, madaniyat kabi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan qizlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamidjon Toshpo‘latov, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Ahrorova, shoir Dilshod Rajab, xonanda Aziz Rajabiylar mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdilar.
So‘zga chiqqanlar muhtaram Prezidentimizning 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan nutqi hamda mamlakatimiz ayollariga qilgan murojaatlarini mazmun mohiyati haqida ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbir yakunida mehmonlar ilm–fan, madaniyat, sport kabi yo‘nalishlarda yutuqqa erishgan o‘quvchilarning onalariga tashakkurnomalar topshirdilar.