Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA “OBOD VA FAYZLI MAHALLA — YURT KO‘RKI” SHIORI OSTIDA UMUMXALQ HASHARI BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2024-03-16 14:42:21    57

PDF yuklash
Chop etish


"Navro‘z" umumxalq bayramini munosib qarshi olish uchun bugun yurtimizda umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan tozalik va obodlik ishlarida Toshloq tumani aholisi ham faol ishtirok etmoqda. 
Tuman fuqarolari o‘z mahallalari, ko‘chalarini chiqindilardan tozalashmoqda. Binolar va hovlilar atrofi, ziyoratgoh hamda qabristonlar obodonlashtirildi. Daraxtlarni oqlab, qurib qolgan shox-shabbalarni kesishmoqda. Daraxt ko‘chatlari ekilib, gullar o‘tkazilmoqda.
Bugungi hasharda Toshloq tumanidagi jami 51 ta mahalladan 20 mingtadan ziyod fuqaro ishtirok etmoqda. Umumxalq hashari davomida bir kunda 60 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Bir so‘z bilan aytganda tumanda "Navro‘z" umumxalq bayramini munosib qarshi olish uchun tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda.
Shuningdek, hasharda nuroniylar yurtimizga tinchlik, dasturxonlarga va dehqonchiliklarga baraka tilab duolar qildilar.