Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


EHTIYOJMAND FUQAROLAR UCHUN IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

×

 2024-03-19 08:38:36    165

PDF yuklash
Chop etish


Muborak Ramazon oyining ma’naviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos. Ushbu oyda e’tiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos ma’naviy qadriyat hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Toshloq tumanidagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.
Toshloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga tumandagi nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand oilalar taklif etildi.
Iftorlik dasturxonida yoshi ulug‘ otaxonu onaxonlar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, elimizga omonlik, xonadonlarga baraka so‘rashdi, ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom uchun minnatdorlik bildirishdi.