Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLARGA 20 SOTIXDAN YeR MAYDONI AJRATIB BERILDI

×

 2024-04-24 16:16:26    47

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Toshloq tumanida ham dehqonchilik qilish istagini bildirgan yoshlarga 30 yil muddatga ijara asosida unumdor yer maydonlari ajratib berilmoqda.
Bugun 1-sektor hududidagi “Xonariq” MFYda istiqomat qilayotgan 15 nafar yoshlar 20 sotixdan yer olishdi. “Xabibaxon Ilyos Saxovati” fermer xo‘jaligiga qarashli 3 gektar maydon ular ixtiyoriga berildi.
Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuxratjon Musayevlar ishtirok etib, mahalla yoshlariga Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, ajratilgan unumdor yer maydonlarida dehqonchilik qilib, oilasi daromadiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, yoshlarning daromad topishlariga ko‘maklashish maqsadida dala maydonlariga 300 ming dona qalampir ko‘chatlari yetkazib berildi. Shu kunning o‘zida yoshlar tomonidan ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.