Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI MAKTABI” MAVZUSIDA YOSHLAR FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-04-24 17:14:46    158

PDF yuklash
Chop etish


Tuman prokuraturasi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 12-umumta’lim maktabida “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” mavzusida yoshlar festivali tashkil etildi.
Ushbu tadbir o‘quvchilar tarbiyasida maktab-oila-mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish, o‘quvchilarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy hamda ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularda odob-ahloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish, oilalarda farzand tarbiyasi va ularni mustaqil hayotga tayyorlashga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi, maktabning 11-sinf o‘quvchi-qizlari ishtirokida “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi namoyishi, “Orasta qizlar” tanlovi, 10-sinf o‘quvchilari ijrosida “Milliy laparlar”, “Yosh kitobxon o‘quvchi” hamda “Yosh pazanda” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. 
Tadbir so‘ngida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi g‘oliblariga pul mukofotlari topshirildi.