Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


51-UMUMTA’LIM MAKTABIDA “YANGI O‘ZBEKISTON – MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI” MAVZUSIDAGI YOSHLAR FESTIVALI YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI

×

 2024-04-24 18:05:32    47

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”da yurtimiz umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish borasida muhim vazifalar belgilangan.
Bugun tumandagi 51-umumta’lim maktabida ham “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etildi. 
Festival doirasida Jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va adabiy-ma’rifiy merosini targ‘ib etishga qaratilgan «Millat oydinlari» tadbiri, “O‘quvchi-yoshlarda salbiy holatlarga urinishlarga moyillikni aniqlash va uni bartaraf etish chora-tadbirlari” mavzusida psixologik trening mashg‘ulotlar, uyushmagan yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh dasturchi”, “Yosh askiyachilar” hamda “Yosh pazanda” kabi ko‘rik tanlovlar ham bo‘lib o‘tdi. 
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan o‘qituvchi hamda yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.