Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“YANGI O‘ZBEKISTON – MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI”

×

 2024-04-27 16:11:30    126

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”da yurtimiz umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish borasida muhim vazifalar belgilangan.
Bugun tumandagi 4-sektor  hududida joylashgan  2-umumiy  o‘rta ta’lim maktabida  “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi”  g‘oyasini o‘zida mujassam etgan o‘quvchi-yoshlar festivalida  maktab-oila-mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish, o‘quvchilarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy hamda ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularda odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish, oilalarda farzand tarbiyasi va ularni mustaqil hayotga tayyorlashga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,  ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etildi. Festival doirasida  o‘quvchilarning sog‘lom  turmush tarziga o‘rgatish va sog‘lom ovqatlanishga bag‘ishlangan tadbir ham  tashkillandi. 
Festival doirasida milliy hunarmandchilik, besh tashabbus, maktabning 11-sinf o‘quvchi-qizlari ishtirokida “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi,  “Orasta qizlar” tanlovi, 10-sinf o‘quvchi-qizlari ijrosida “Milliy laparlar”, 1-4 sinf o‘quvchi-qizlari ishtirokida “Yosh pazanda” tadbiri, “Yosh kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi, 9-sinf o‘quvchi yigitlari o‘rtasida “Osh tanlovi”, “Andijon polkasi” to‘garagi a’zolarining chiqishi, gullar va qushlar bayrami, jadid ma’rifatparvarlarning hayoti va adabiy-ma’rifiy merosini targ‘ib etishga qaratilgan “Millat oydinlari” tadbiri namoyishi, “O‘quvchi-yoshlarda salbiy holatlarga urinishlarga moyillikni aniqlash va uni bartaraf etish chora-tadbirlari” mavzusida psixologik trening mashg‘ulotlari, shuningdek o‘quvchilar o‘rtasida  stol tennisi,  shaxmat-shashka, mini futbol,  “Quvnoq startlar”  singari sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan o‘qituvchi hamda yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.