Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“YANGI O‘ZBEKISTON ULKAN IMKONIYATLAR VATANI” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN FESTIVAL YOSHLARDA UNUTILMAS TAASSUROTLAR QOLDIRDI

×

 2024-04-27 16:55:17    47

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi 3-sektor hududida joylashgan 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yangi O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar Vatani” mavzusida maktab o‘quvchilari ishtirokida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. 
Mamlakatimizda barkamol avlod kamoloti, yoshlarning ta’lim tarbiya olishlari, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga bugun davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Tumanimiz yoshlari ham berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan xolda ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Bo‘lib o‘tgan festivalda o‘quvchi yoshlar o‘z yutuqlarini turli xil ko‘rgazmalarda namoyish etdilar. Tadbir davomida “Gullar va qushlar” bayrami, “Tasviriy san’at”, “Qo‘g‘irchoq teatri” hamda  “Badiiy havaskorlik” to‘garagi a’zolarining ko‘rgazmali chiqishlari barchada katta taassurotlar qoldirdi. Shuningdek, festival doirasida 6-7-sinf o‘quvchi-qizlari ishtirokida kashtachilik ko‘rgazmasi ham namoyish etildi. O‘quvchilar o‘rtasida “Osh tanlovi”, “Zakovat” intellektual o‘yini, sport musobaqalari o‘tkazilib, yakunda yoshlar munosib taqdirlandilar.