Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYLOV – 2019: SEMINAR-TRENING O’TKAZILMOQDA
2019-11-09 16:44:48 284
Zarkent agrosanoat kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 23 iyul kungi 926-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo’lib o’tadigan saylovlarga puxta tayyorgarlik ko’rish va uni samarali o’tkazish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman okruglari hamda uchastka saylov komissiyalarining jami 626 nafar a’zolariga malakali trenerlar ishtirokida “Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.
Seminar-trening O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Toshkent Davlat iqtisodiyot unversiteti katta o’qituvchisi Sh.Rajabov rahbarligida tuman “Yoshlar – kelajagimiz!” jamg’armasi raisi A.Sulaymonov, tarix va huquq o’qituvchilari R.Abdurahimov va O.Karimov singari malakali trenerlar ishtirokida tashkillanmoqda. Seminar-treningni talab darajasida o’tishini tashkil qilish maqsadida har bir auditoriya moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlangan.
Seminar-trening davomida asosan tuman okruglari hamda uchastka saylov komissiyalari a’zolariga saylov qonunchiligi, saylov kunigacha va saylov kuni amalga oshiradigan ishlar batafsil tushuntirilmoqda. A’zolar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javobldar qaytarilmoqda. Seminar-trening joriy yilning 21 noyabriga qadar o’tkaziladi.
D.Ahmedov,
Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari.