Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


CHEKLIKLARNING HURSANDCHILIGI CHEKSIZ

 2019-12-18 20:03:19    175

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizaga ma’lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan keyingi yillarda juda ko’plab islohotlar amalga oshirilib aholining turmush tarzini yanada yaxshilash hamda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari soni va sifatini yaxshilash borasida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan tumanimizda davlat tassarufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 20 tadan 26 taga yetkazildi, shuningdek keyingi ikki yilda 59 ta oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari, 3 ta  xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida tumanimizdagi 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish 42 foizga yetkazilgan bo’lsa, 2020 yil yakuniga qadar 51 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Chek mahalla hududida bir necha yillar davomida tashlandiq, qarovsiz holda turgan eski maktab filiali va yana bir necha yillar davomida maktabgacha ta’lim muassasasi  bo’lgan bino o’rnida tadbirkor Murodiljon Sotvoldiyev tomonidan yangi, jahon standartlariga mos tarzda davlat hususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etildi.

Farg’ona milliy banki tomonidan ajratilgan 1.5 mlrd. so’m kredit mablag’lari evaziga bunyod etilgan “Планета детей” davlat hususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti 120 o’ringa mo’ljallangan. Shuningdek mazkur ta’lim tashkilotining ochilishi 20 ta ish o’rin yaratilishiga asos bo’ldi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalladagi keksa-yu yosh, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so’zga chiqqanlar tumanimizda olib borilayotgan amaliy ishlar, bunyod etilayotgan yangidan yangi inshootlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to’xtalishib, mahalla ahlini yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilganligi bilan muborakbod etdilar.

Albatta bu muassasaning imkoniyatlari, shart-sharoitlari juda yuqori darajada. Jumladan rus va ingliz tillariga ixtisoslashtirilganligi hudud yoshlarini chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirsa, ko’rkam va hashamatli binoda barcha qulayliklar va shart-sharoitlarni yaratilganligi yoshlarimizni kelajakda bilimli, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana oladigan bo’lib kamol topishlariga asqotadi.

Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.