Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TABRIK
2020-01-08 18:44:25 398
Hurmatli Toshloq tuman Prokuraturasi xodimlari!
Sizlarni 8 yanvar - Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan qizg’in muborakbod etaman.
Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta’minlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyati.
Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bo’lishi shart, deganidir.
Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, Prokuratura – yuridik va jismoniy shaxslarni jazolovchi organ emas, balki huquqbuzarliklar hamda qonunbuzilishlarini barvaqt oldini oluvchi, aholi o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, yangi qonunlarni keng ommaga yetkazuvchi organ bo’lganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sizlarning qonun buzilishiga qarshi qattiq turib, adolatli jamiyat qurish, qonun ustuvorligini ta’minlash yo’lida olib borayotgan faoliyatingizni juda qadrlaymiz! Tinchlik va taraqqiyotimizning asosiy garovi - Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlanishi borasida ulkan mas’uliyatingizni his etamiz.
Barchangizga mustahkam sog’lik, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz ravnaqi yo’lidagi ishlaringizda zafarlar tilayman.
Shuhrat Abdusalomov,
Toshloq tuman hokimi.