Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“HARBIY VATANPARVARLIK” OYLIGI DOIRASIDA G’OLIBLAR TAQDIRLANDI

×

 2020-01-09 16:08:46    168

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 28 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab joylarda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, davra suhbatlari va sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Tadbirlarda tuman yoshlari o’z faolliklarini ko’rsatishib, yurtimizning asl posbonlari singari mard, jasur va albatta vatanparvar bo’lib kamol topishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanayotganliklarini namoyon etmoqdalar.

Vatanparvar tashkiloti Toshloq tumani O’STKda o’rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o’quvchilari ishtirokida o’tkazilgan tadbir ham barchada katta taassurot qoldirdi.  “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafi burch”, “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” hamda “Qadrli yurtdoshim Siz ham vatan himoyachilari safiga qo’shiling!” degan umumiy g’oya ostida o’tkazilgan tadbirda sportning havoli miltiqdan o’q otish turi bo’yicha musobaqa ham o’tkazildi.

Bellashuvda o’g’il bolalar o’rtasida 17-maktab o’quvchisi H.Abbosxonov, qizlar o’rtasida ham shu maktab o’quvchisi D.Abduqodirovalar birinchi o’rinni egalladilar. Musobaqa so’ngida g’olib o’quvchilarga Vatanparvar tashkiloti Toshloq tumani O’STKning diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.