Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV
2020-01-13 16:15:38 250
Farg’ona viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 iyul kuni imzolangan “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg’ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyihasi”ni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4399-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini hududdagi tadbirkorlar hamda keng aholi qatlamiga tushuntirish bo’ycha shahar va tumanlarda tadbirkorlar bilan seminar-uchrashuvlari o’tkazilishi belgilangan.
Belgilangan reja asosida bugun tuman hokimligining katta majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda respublika “Agrobank” boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari Q. Erkaboyev, Respublika Agrosanoat agentligi vakili K.Karimov, Markaziy bank bosh boshqarmasi boshliq o’rinbosari Sh.Rasulov va tuman hokimining birinchi o’rinbosari B.Sultanovlar tomonidan mazkur qaror mazmun-mohiyati hamda joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan kredit liniyalari bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Yig’ilishda mutaxassislar tomonidan Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti fondi ishtirokidagi “Qishloq xo’jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish”, Jahon banki ishtirokidagi “Farg’ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish”, Osiy taraqqiyoti banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasiga qo’shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihalari haqida ham kerakli tushunchalar va tavsiyalar berildi. Jumladan kredit mablag’lari qanday yo’nalishlarga ajratilishi, loyihalar uchun imtiyozli kreditlar, kredit shartlari va qaytarish tartiblari, foiz stavkalari haqidagi tushunchalar tadbirkorlarga aniq va ravshan yetkazildi.
Uchrashuvda tadbirkorlarning bergan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Toshloq tuman hokimligi Axborot xizmati.