Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Maktab o’quvchilari bilan uchrashuv

×

 2020-03-13 18:46:50    287

PDF yuklash
Chop etish


Sud-huquq islohotlari jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish, yosh avlod vakillarini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, turli zararli illat va yot g’oyalar ta’siridan himoya qilish, ularning huquqiy ongi va madaniyati, bilimlari va mas’uliyatini muntazam oshirib borish, joylarda, ayniqsa chekka hududlarda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Yoshlar bilan ochiq ruhdagi muloqotlari tashkil etilayotgani navqiron avlodning siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi xaftaning ilk kuni o’zim ta’lim olgan Toshloq tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar bilan o’tkazgan  uchrashuvim va davra suhbati ana shunday samarali tadbirlardan biri bo’ldi.

Tadbirda yig’ilgan yoshlarga huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir davomida maktab direktori I.Tursunov ishtirokida yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy bilim va dunyoqarashga ega, turli yot g’oyalarga qarshi tura oladigan, mustaqil fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish,  yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda boshqa huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, bandligini ta’minlash, ular uchun ochiq va sifatli ta’limni kafolatlash, yosh avlodni qonunlarga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari  muhokama qilindi.

Shuningdek o’quvchilarning huquqiy bilimlarini boyitish maqsadida, ular bilan savol-javoblar o’tkazildi. Uchrashuv davomida menga huquq fanidan ta’lim bergan ustozim Ilhom aka Tursunov bilan birgalikda o’quvchi yoshlarga huquq fani bo’yicha nazariy hamda amaliy tushunchalar berib o’tdik.

Husanboy Omonov,

jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudining sudg’ya yordamchisi.